Bellinngem faoliyatidagi eng og‘riqli omadsizlikni aytdi

Madridning «Real» klubi yarim himoyachisi Jud Bellinngem faoliyatida hanuz yodidan chiqmaydigan eng achchiq omadsizlik haqida gapirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Angliyalik futbolchi Dortmundning «Borussiya»sida o‘ynagan paytida Bundesligadagi chempionlikni so‘nggi turda boy berib qo‘yganini esladi. «Maynts» ustidan g‘alaba «asalarilar»ni chempionga aylantirishi mumkin edi, biroq uchrashuv 2:2 hisobida yakunlanib, oltin medallar yana «Bavariya»ga nasib etdi.
«Meni hozirgacha ta’qib qiladigan omadsizlikmi? “Borussiya” bilan mavsumning oxirgi kunida qo‘ldan ketgan chempionlik. Eslatganingiz uchun rahmat», — deya Bellinngemning so‘zlarini keltiradi Madrid Zone.
Jud Bellinngem 2023 yil yozida, Germaniyadagi o‘sha dramatik yakundan ko‘p o‘tmay, «Borussiya»dan «Real»ga ko‘chib o‘tgandi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!