Slutskiy boshqaruvidagi Shanghai Shenhua Osiyo Chempionlar Ligasi bilan xayrlashdi

Osiyo Chempionlar Ligasi umumiy bosqichining navbatdagi turida Xitoyning “Shanghai Shenhua” jamoasi Yaponiyaning “Machida Zelvia” klubiga qarshi maydonga tushdi. Leonid Slutskiy shogirdlari 0:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Uchrashuvda har ikkala gol ham bir futbolchi nomiga yozildi: Yuki Soma 3-daqiqada hisobni ochdi, 88-daqiqada esa o‘z dublini rasmiylashtirib, “Machida Zelvia”ning g‘alabasini mustahkamladi.
Ushbu mag‘lubiyatdan keyin “Shanghai Shenhua” pley-offga chiqish imkoniyatini yo‘qotdi. Jamoa umumiy bosqichdagi yetti turda bor-yo‘g‘i 4 ochko jamg‘ara oldi.
Eslatib o‘tamiz, Leonid Slutskiy Xitoy klubini 2023 yil oxirida boshqaruviga olgan edi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing