MakKenzi «Yuventus» bilan shartnomani uzaytirishga tayyor

«Yuventus» markaziy yarim himoyachi Ueston MakKenzi bilan yangi kelishuv bo'yicha muzokaralarni faol davom ettirmoqda. AQShlik futbolchi klubda qolishga qarshi emas, biroq shartnoma uzayishi uchun bitta talabni oldinga surdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
La Gazzetta dello Sport xabariga ko'ra, MakKenzi maoshi yaxshilanishini xohlayapti: u yiliga 5–6 mln yevro atrofida maosh so'ramoqda. Agar bu shart bajarilsa, yarim himoyachi hozirgisidan qariyb ikki baravar ko'p daromad oladi.
Avvalroq MakKenzi transfer bozorida Milan «Inter»ining nishonlaridan biri ekani haqida ham ma'lumotlar paydo bo'lgandi.
Joriy mavsumda 27 yoshli AQSh terma jamoasi yarim himoyachisi barcha turnirlarda 24 o'yinda maydonga tushib, 4 ta gol va 4 ta golli uzatma muallifi bo'ldi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!