date

Ikardi uch gol urib, Galatasaroy rekordini yangiladi

Ikardi uch gol urib, Galatasaroy rekordini yangiladi

Turkiya chempionatining 22-turida «Galatasaroy» «Eyupsor»ni 5:1 hisobida yirik mag'lubiyatga uchratdi. Uchrashuvda argentinalik hujumchi Mauro Ikardi xet-trik qayd etib, jamoasiga ishonchli g'alaba keltirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Ushbu uchta gol Ikardiga klub tarixidagi eng sermahsul legioner nomini olib berdi: u ruminiyalik Georghe Hadjini ortda qoldirdi. Hadji «Galatasaroy» safida 75 bor raqib darvozasini ishg'ol qilgan bo'lsa, Ikardining hisobida endi 76 ta gol bor.

Umumiy to'purarlar ro'yxatida ham argentinalik forvard yettinchi pog'onaga ko'tarildi. Eslatib o'tamiz, Mauro Ikardi 2023 yildan buyon «Galatasaroy» sharafini himoya qiladi, bungacha u «PSJ»da to'p surgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Ikardi uch gol urib, Galatasaroy rekordini yangiladi