Bellingem faoliyatidagi eng og'ir alamli lahzani esladi

Madridning «Real» klubi yarim himoyachisi Jud Bellingem faoliyatida hanuz xotirasidan o'chmayotgan eng alamli epizod haqida gapirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Angliyalik futbolchi Dortmundning «Borussiya»si safida Bundesliga chempionligini so'nggi turda qo'ldan boy berganini esladi. «Mayns» ustidan g'alaba «asalari»ni chempion qilardi, biroq bahs 2:2 hisobida durang yakunlandi va oltin medallar yana «Bavariya»ga nasib etdi.
«Hali ham ortimdan quvib yuradigan omadsizlikmi? «Borussiya» bilan mavsumning so'nggi kunida boy berilgan chempionlik. Eslatganingiz uchun rahmat», — deb keltiradi Madrid Zone yarim himoyachining so'zlarini.
Bellingem 2023 yil yozida, Germaniyadagi o'sha dramatik yakundan ko'p o'tmay, «Borussiya»dan «Real»ga ko'chib o'tgandi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!