date

Messi Lego konstruktordan Jahon chempionligi kubogini yigdi

Messi Lego konstruktordan Jahon chempionligi kubogini yigdi

Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi ijtimoiy tarmoqlarda Lego konstruktordan Jahon chempionligi kubogi maketini yigib chiqqanini ko‘rsatadigan surat va videolarni e’lon qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Messi post ostida “Buni yakunladik, Lego”, deya faxr bilan yozdi. Yig‘ilgan kubok balandligi bo‘yicha asl trofeyga mos ekani aytilmoqda, maket 2842 ta detaldan iborat. Bunday modelni yig‘ish ancha vaqt talab qilishi tabiiy.

Eslatib o‘tamiz, Argentina amaldagi jahon chempioni hisoblanadi: o‘tgan mundial finalida “albiseleste” Fransiyaga qarshi o‘ynab, 3:3 hisobidagi durangdan so‘ng penaltilar seriyasida g‘alaba qozongan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Messi Lego konstruktordan Jahon chempionligi kubogini yigdi