date

Ikardi xet-trik qildi va Galatasaray rekordini yangiladi

Ikardi xet-trik qildi va Galatasaray rekordini yangiladi

Turkiya chempionatining 22-turi doirasida Galatasaray Eyupsporni 5:1 hisobida yirik mag'lubiyatga uchratdi. Uchrashuvning bosh qahramoni argentinalik hujumchi Mauro Ikardi bo'ldi — u raqib darvozasiga uchta gol urdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Ikardining bu xet-triki Istanbul klubi tarixidagi muhim natijani ham olib keldi: u Galatasaray safida eng ko'p gol urgan legionerga aylandi. Avval bu ko'rsatkich ruminiyalik Georgi Hadjiga tegishli bo'lib, u klubda 75 gol urgandi, Ikardining hisobida esa endi 76 ta gol bor.

Umumiy to'purarlar ro'yxatida Ikardi hozircha yettinchi pog'onada bormoqda. Eslatib o'tamiz, hujumchi Galatasarayda 2023 yildan beri o'ynamoqda, bundan avval esa PSJ sharafini himoya qilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Ikardi xet-trik qildi va Galatasaray rekordini yangiladi