date

Al-Nasr bosh murabbiyi Ronalduga dam berilishini aytdi

Al-Nasr bosh murabbiyi Ronalduga dam berilishini aytdi

«Al-Nasr» bosh murabbiyi Jorje Jezush Krishtianu Ronaldu nega yaqinlashib kelayotgan uchrashuvda maydonga tushmasligini izohladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Ar-Riyod klubi chorshanba kuni OFK Chempionlar ligasi doirasida «Arkadag»ga qarshi o‘ynaydi. Portugaliyalik yulduz hujumchi boykotdan so‘ng tez orada safga qaytishi kutilayotgan bo‘lsa-da, bu safar ham uning ishtiroki bo‘lmaydi.

«Zich taqvim sabab Ronaldu va asosiy tarkibdagi yana bir nechta futbolchiga dam berishga qaror qildik. Oldinda «Al-Fateh»ga qarshi muhim o‘yin bor», — deya Jezushning so‘zlarini keltiradi Al Nassr Zone.

Mutaxassis Ronaldu uchun bunday tanaffus yangilik emasligini ham qo‘shimcha qildi: saudiyaliklar safardagi o‘yinlarda uning vaqti-vaqti bilan maydonga tushmasligi avval ham kuzatilgan.

Saudiya chempionati doirasidagi «Al-Fateh» — «Al-Nasr» uchrashuvi shanba, 14-fevral kuni bo‘lib o‘tadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Al-Nasr bosh murabbiyi Ronalduga dam berilishini aytdi