Lion Nitsani mag'lub etib, g'alabalar seriyasini davom ettirdi

Fransiya Liga 1ning 22-turida hozircha eng barqaror jamoalardan biri bo'lib turgan «Lion» o'z maydonida «Nitsa»ni qabul qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Birinchi bo'limga qo'shib berilgan daqiqalarda Pavel Shultsning uzatmasidan keyin Korenten Tolisso hujumni yakunlab, hisobni ochdi — 1:0. 64-daqiqada esa Sharль Vanxutt jarima maydoniga yo'llangan to'pni qaytarib yubordi, epchillik ko'rsatgan Noy Narti uni darvozaga joylab qo'ydi — 2:0.
Ushbu g'alabadan so'ng «Lion» turnir jadvalida uchinchi o'rinda mustahkamlandi va peshqadamdan 7 ochko ortda bormoqda. «Nitsa» esa 14-pog'onada qolib ketdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing