Konteredan Napoli va Roma durangi haqida inglizcha uslub bahosi

“Napoli” bosh murabbiyi Antonio Konte A Seriyada “Roma”ga qarshi 2:2 hisobidagi durangdan keyin matbuot anjumanida o‘yinni tahlil qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Neapolliklar mag‘lubiyatdan 82-daqiqada Alisson Santos urgan gol evaziga qutulib qoldi.
Konte jamoasining o‘yin davomida ikki bor hisobni tenglashtirgani oson bo‘lmaganini ta’kidladi. Uning fikricha, agar bu jang boks ringida kechganida, “Napoli” ochkolar bo‘yicha ustun kelgan bo‘lardi.
Murabbiy uchrashuvni qiziqarli va juda shiddatli deb atadi: har ikki jamoa to‘p nazoratida qiynaldi, sababi pressing yuqori darajada ishladi. Konte bu bahsni “inglizcha uslubdagi o‘yin” deya ta’rifladi.
Ayni paytda “Napoli” A Seriya jadvalida uchinchi o‘rinda bormoqda va peshqadam “Inter”dan 11 ochko ortda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!