date

Vinisius boshqa klublardagi eng yaqin do'stini aytdi

Vinisius boshqa klublardagi eng yaqin do'stini aytdi

Madridning «Real» klubi hujumchisi Vinisius Junior boshqa jamoalarda to'p surayotgan futbolchilar orasidagi yaqin do'stlari haqida gapirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Braziliyalik futbolchi «Real»dan tashqarida do'stlari ko'pligini ta'kidlab, «Liverpul» yarim himoyachisi Dominik Soboslai bilan anchadan beri ko'p muloqot qilib turishini aytdi. Uning so'zlariga ko'ra, ular yoshlik paytida tanishib qolishgan.

Vinisius eng yaqin do'sti sifatida hozir «Flamengo»da o'ynayotgan Paketani tilga oldi. Shuningdek, u «Barselona»dan Rafinya, «Atletiko Mineyro» vakili Reynyer, «Manchester Siti» futbolchisi Savio hamda «Milan» hujumchisi Leau bilan do'st ekanini qo'shimcha qildi.

Ma'lumot uchun, Vinisius 2018 yildan buyon «qirollik klubi» safida to'p suradi. Madridga ko'chib o'tishidan avval esa u Braziliyadagi «Flamengo»da tajriba orttirgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Vinisius boshqa klublardagi eng yaqin do'stini aytdi