Bellingem faoliyatidagi eng og'ir alamini aytib berdi

Madridning «Real» klubi yarim himoyachisi Jud Bellingem faoliyatida hanuz xotirasidan o'chmaydigan eng og'riqli epizodni eslab o'tdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Angliyalik futbolchi Dortmundning «Borussiya»sida to'p surgan paytida Bundesligada so'nggi turda qo'ldan ketgan chempionlikni tilga oldi. «Maynts» ustidan g'alaba «ariqlar»ni chempion qilishi mumkin edi, biroq o'yin 2:2 hisobida durang yakunlanib, oltin medallar yana «Bavariya»ga nasib etdi.
«Meni hozirgacha quvib kelayotgan omadsizlik? Mavsumning eng so'nggi kunida «Borussiya» bilan boy berilgan chempionlik. Eslatganingiz uchun rahmat», — deya futbolchining so'zlarini Madrid Zone keltiradi.
Bellingem 2023 yil yozida, Germaniyadagi o'sha dramatik yakundan ko'p o'tmay, «Borussiya»dan «Real»ga ko'chib o'tgandi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!