date

Mourinyu Realga qarshi o'yinda Trubinni hujumga qo'ymaydi

Mourinyu Realga qarshi o'yinda Trubinni hujumga qo'ymaydi

Lissabonning "Benfika" jamoasi bosh murabbiyi Joze Mourinyu YeCHL doirasida Madridning "Real"iga qarshi bo'ladigan ilk pley-off uchrashuvi oldidan fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Mutaxassisning ta'kidlashicha, bu bahs qarama-qarshilikning faqat birinchi bo'lagi xolos. Shuningdek, Mourinyu "Benfika" hujum chizig'ida Trubin maydonga tushmasligini aytdi. Uning so'zlariga ko'ra, ilk o'yinda muayyan natijaga erishish muhimligi haqida gaplar bo'lsa-da, bu yakuniy hukm bo'lmaydi.

"Benfika" – "Real" uchrashuvi 17-fevral, seshanba kuni Toshkent vaqti bilan 01:00 da start oladi.

Javob o'yini bir haftadan so'ng "Santyago Bernabeu" stadionida o'tkaziladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Mourinyu Realga qarshi o'yinda Trubinni hujumga qo'ymaydi