Habib Beye Marsel bosh murabbiyi bo'lmaydigan bo'ldi

Yaqinda «Renn»ni tark etgan Habib Beye «Marsel»da bosh murabbiy sifatida ish boshlamaydi. Bu haqda Libération nashri xabar berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Manbaga ko'ra, Roberto De Dzserbining ketishidan keyin Beye uning o'rnini egallashi mumkinligi haqida gap-so'zlar bor edi, biroq klubda yana bir iste'fo vaziyatni o'zgartirib yubordi. «Marsel» sport direktori Mehdi Benatiya lavozimini tark etdi. Benatiya De Dzserbi bilan bir kunda ketishni istagan, ammo bu qaror darhol oshkor qilinmagan.
De Dzserbiga o'rinbosar topish jarayoni Benatiya bilan «Marsel» prezidenti Pablo Longoriya o'rtasida taranglikka sabab bo'lgani aytilmoqda. Avvaliga Beye mavsum oxirigacha jamoani boshqarishi mumkinligi taxmin qilingandi, biroq hozircha bu variant deyarli yopilgandek ko'rinadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!