Atletik Niko Uilyamsning jarohati haqida rasmiy bayonot berdi

Bilbaoning «Atletik» klubi qanot vingeri Niko Uilyams jamoaning «Real Ovyedo»ga qarshi o‘tgan dam olish kunidagi uchrashuvida maydonga tushmaganini ma’lum qildi. Klub rasmiy saytida keltirilishicha, futbolchi yaqin o‘yinlarda ham jamoaga yordam bera olmaydi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
«Atletik» bayonotiga ko‘ra, Uilyams pubalgiya muammosi sabab tashqi mutaxassis nazorati ostida davolanishni boshlagan. U maxsus dastur bo‘yicha tiklanadi, qaytish muddati esa holat dinamikasiga bog‘liq — aniq sana hozircha aytilmadi.
Avvalroq OAV Nikoning noqulaylik bilan o‘ynayotgani haqida yozgandi. Uilyams joriy mavsumda 26 ta rasmiy uchrashuvda qatnashib, 4 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing