date

Jikiya maosh kechikishi sabab klubini o‘zgartirishi mumkin

Jikiya maosh kechikishi sabab klubini o‘zgartirishi mumkin

Antalyaspor himoyachisi Georgiy Jikiyaning kelajagi borasida uning agenti Malik Arutyunov fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Agentning aytishicha, futbolchi maoshlar kechiktirilayotgani tufayli norozi va shu sabab Rossiya Premyer-ligasi klublaridan keladigan variantlarni ko‘rib chiqmoqda. Arutyunov so‘zlariga ko‘ra, to‘lovlar noyabr oyidan beri ushlanib qolgan, aks holda Jikiya Turkiyadagi sharoitdan mamnun.

32 yoshli himoyachi Antalyaspor safiga o‘tgan yozda qo‘shilgan va turk klubi bilan ikki yillik shartnoma imzolagan.

Joriy mavsum Turkiya Superligasida Jikiya 12 ta uchrashuvda maydonga tushdi, 2 ta gol urdi va 3 marta sariq kartochka oldi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Jikiya maosh kechikishi sabab klubini o‘zgartirishi mumkin