Mourinyu Realga qaytishi haqidagi mish-mishlarga izoh berdi

«Benfika» bosh murabbiyi Joze Mourinyu Chempionlar ligasida «Real»ga qarshi o'yin oldidan uning Madrid klubiga ehtimoliy qaytishi haqida berilgan savolga javob qaytardi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Avvalroq OAVda «Real» prezidenti Florentino Peres portugaliyalik mutaxassisni yana jamoa boshqaruvida ko'rishni istayotgani haqida gap-so'zlar tarqalgan edi.
«Real»ga qaytishim mumkinmi? «Benfika» bilan shartnomam yana bir yilga amal qiladi va unda har ikki tomon uchun oddiy sotib olish bandi bor. Hozir esa «Real» bo'yicha umuman hech qanday variant yo'q», — dedi Mourinyu The Touchline nashriga.
Joze Mourinyu «Real»ni 2010–2013 yillar oralig'ida boshqargan.
Chempionlar ligasidagi «Benfika» — «Real» uchrashuvi 17-fevral kuni 01:00 da (Toshkent vaqti bilan) start oladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!