date

Rossiya Mali bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazishi aniq bo‘ldi

Rossiya Mali bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazishi aniq bo‘ldi

Mart oyida Rossiya terma jamoasi Mali terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazadi. Avvalroq OAVda chiqqan xabarni Mali futbol federatsiyasi bosh kotibi Sidi Bekaye Magassa tasdiqladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Magassaning Sport24’ga aytishicha, bahs 27 mart, juma kuni bo‘lib o‘tadi. O‘yin Krasnodardagi stadionda tashkil etiladi.

Yaqin kunlarda mazkur ma’lumotni Rossiya futbol ittifoqi (RFI) ham rasman e’lon qilishi kutilmoqda. Muhlislar safarni rejalashtirish uchun uchrashuvning aniq boshlanish vaqtini ham bilishi muhim.

Eslatib o‘tamiz, noyabr oyida Rossiya Peruga qarshi durang o‘ynagan (1:1) va Chili bilan bahsda mag‘lub bo‘lgan (0:2).

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Rossiya Mali bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazishi aniq bo‘ldi