Manchester United Liverpul yulduzini o'z safiga og'dirmoqchi

«Manchester United» tarkibni kuchaytirish variantlarini ko'rib chiqmoqda. Manchester Evening News xabariga ko'ra, «qizil iblislar» e'tiborida «Liverpul» yarim himoyachisi Aleksis Mak Allister turibdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Manbaga ko'ra, «MYU» egasi Jim Ratkliff futbolchi transfer bozorida erkinroq holatga kelib qolsa, Mak Allisterni o'z jamoasiga og'dirishga urinib ko'rishga tayyor. Biroq bu kelishuvning amalga oshish ehtimoli hozircha yuqori emas.
Mak Allisterning yozda «Liverpul»ni tark etishni istashi-istemasi aniq emas, ammo argentinalik futbolchi faoliyatining bir bosqichida Ispaniyada o'zini sinab ko'rishni xohlaydi.
Transfermarkt portali 27 yoshli jahon chempioni Aleksis Mak Allisterning bozor qiymatini 85 million yevroga baholamoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!