Al-Nasr murabbiyi Ronalduga dam berilganini aytdi

«Al-Nasr» bosh murabbiyi Jorje Jezush Krishtianu Ronaldu nima sababdan yaqinlashib kelayotgan uchrashuvni o‘tkazib yuborishini izohladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Ar-Riyod klubi chorshanba kuni OFK Chempionlar ligasi doirasida «Arkadag»ga qarshi maydonga tushadi. Portugaliyalik yulduz hujumchi yaqin orada yana o‘yinlarda ko‘rinish berishi kutilayotgandi, biroq bu safar ham u qaydnomadan joy olmaydi.
Jezushning ta’kidlashicha, jamoa tig‘iz taqvim sabab Ronaldu va asosiy tarkibdagi yana bir nechta futbolchiga dam berishga qaror qilgan. Murabbiy oldinda «Al-Fateh»ga qarshi muhim bahs borligini alohida urg‘uladi.
Shuningdek, Jezush Ronaldu Saudiyadan tashqarida o‘tadigan o‘yinlarni tez-tez o‘tkazib yuborishi yangilik emasligini ham eslatdi. Bu fikrlarni Al Nassr Zone keltirdi.
Saudiya chempionatidagi «Al-Fateh» – «Al-Nasr» uchrashuvi shanba, 14-fevral kuni bo‘lib o‘tadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!