De Ron Atalanta Dortmundga qo'rqmasdan yo'l oladi

Yevropa Chempionlar ligasi pley-off bosqichi doirasida Italiya "Atalanta"si safarda Dortmundning "Borussiya"siga qarshi maydonga tushadi. Jamoa yarim himoyachisi Marten de Ronning aytishicha, bergamoliklar kuchli raqibdan cho'chimayapti. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Belgiyalik futbolchi "Borussiya"ning hujumda samarali o'ynashini, biroq himoyada ham xatolarga yo'l qo'yishini ta'kidladi. Uning fikricha, "Atalanta" uchrashuv davomida, xususan Bilbaodagi o'yindagidek bo'shashib qolmasdan, barcha 90 daqiqa maksimal diqqat bilan harakat qilishi kerak.
Jamoalar o'rtasidagi ilk bahs 17 fevral kuni Germaniyada o'tadi, javob uchrashuvi esa 25 fevralda Bergamoda bo'lib o'tadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing