date

Paganin Napoli chempionlikni saqlab qolishiga ishonmaydi

Paganin Napoli chempionlikni saqlab qolishiga ishonmaydi

Milanning «Inter» klubida to‘p surgan sobiq futbolchi Antonio Paganin «Napoli» o‘tgan mavsum qo‘lga kiritgan chempionlikni bu yil himoya qila olishiga shubha bildirdi. Uning fikricha, turnir jadvalida hozircha neapolliklardan ortda borayotganiga qaramay, «Yuventus» Milan jamoalari o‘rtasidagi kurashga aralashish uchun yaxshiroq imkoniyatga ega. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Paganin shuningdek, Spallettining ish uslubini yuqori baholab, uning terma jamoadagi muvaffaqiyatsiz davri hanuz tushunarsiz ekanini aytdi. «Milan»ning asosiy ustunligi — kubok bahslarisiz o‘ynayotgani, «Inter» esa ochkolar bo‘yicha oldinda bo‘lsa-da, oldinda derbi va yana ko‘plab muhim o‘yinlar borligini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, 8 mart kuni bo‘lib o‘tadigan derbi chempionlik poygasida hal qiluvchi omil bo‘lishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Antonio Paganin «Inter» safida 1990 yildan 1995 yilgacha faoliyat olib borgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Paganin Napoli chempionlikni saqlab qolishiga ishonmaydi