date

RB Leyptsig asosiy darvozabonidan bir muddat ayrildi

RB Leyptsig asosiy darvozabonidan bir muddat ayrildi

Bundesliga vakili «RB Leyptsig» kamida bir yarim oy davomida tajribali posboni Peter Gulachisiz qoladigan bo‘ldi. Bu haqda klub matbuot xizmati ma’lum qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Vengriyalik darvozabon yaqinda «Volfsburg»ga qarshi uy uchrashuvida jarohat oldi va birinchi bo‘limdayoq maydonni tark etdi.

Yaxshi tomoni, futbolchiga operatsiya kerak bo‘lmaydi. Tibbiy xulosaga ko‘ra, uning chap tizzasidagi medial kollateral boylami uzilgan. Gulachi joriy mavsumda 22 ta rasmiy o‘yinda maydonga tushib, 10 uchrashuvni gol o‘tkazmagan holda yakunlagan.

Hozirda «RB Leyptsig» Germaniya chempionati turnir jadvalida 40 ochko bilan 5-o‘rinda bormoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » RB Leyptsig asosiy darvozabonidan bir muddat ayrildi