Ikardi xet-trigi Galatasaroyda yangi rekordni taqdim etdi

Turkiya chempionatining 22-turida Galatasaroy Eyupsportni yirik hisobda mag'lub etdi — 5:1. Uchrashuv qahramoni argentinalik hujumchi Mauro Ikardi bo'lib, u raqib darvozasiga uch bor aniq zarba yo'lladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Ushbu xet-trik Ikardiga klub tarixida muhim natijani ham olib keldi: u Galatasaroyning eng sermahsul legioneriga aylandi. Avval bu ko'rsatkich ruminiyalik Georghe Hadjiga tegishli edi — 75 gol, Ikardining hisobida esa endi 76 gol bor.
Umumiy to'purarlar ro'yxatida argentinalik forvard hozircha yettinchi pog'onada qayd etilmoqda. Eslatib o'tamiz, Mauro Ikardi 2023 yildan buyon Galatasaroy safida o'ynamoqda, undan avval esa PSJ sharafini himoya qilgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing