Ikardi xet-trik qildi va Galatasaray rekordin yangiladi

Turkiya chempionatining 22-tur uchrashuvida «Galatasaray» «Eyupspor»ni yirik 5:1 hisobida mag'lub etdi. Bahsning eng yorqin qahramoni argentinalik hujumchi Mauro Ikardi bo'lib, u uchta gol urdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Ushbu xet-trik Ikardiga klub tarixidagi eng sermahsul legioner maqomini olib keldi. U ruminiyalik Georghe Hadjini ortda qoldirdi: Hadji «Galatasaray» safida 75 bor raqib darvozasini ishg'ol qilgan bo'lsa, Ikardining gollari soni 76 taga yetdi.
Klubning umumiy to'purarlari ro'yxatida esa argentinalik futbolchi hozircha yettinchi pog'onada bormoqda. Eslatib o'tamiz, Ikardi 2023 yildan buyon «Galatasaray» sharafini himoya qiladi, bundan avval u «PSJ»da to'p surgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing