Bulykin Safonov va Xaykinning kuchli tomonlarini solishtirdi

Rossiya terma jamoasining sobiq hujumchisi Dmitriy Bulykin darvozabonlar Nikita Xaykin va Matvey Safonov haqida fikr bildirdi. Ikki rossiyalik posbon mos ravishda Norvegiyaning «Bude-Glimt» va fransuzning «PSJ» klublarida to'p surmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Bulykinning aytishicha, jismoniy ko'rsatkichlar jihatidan Safonovning ustunligi bor. Biroq Xaykin allaqachon yuqori darajada o'zini isbotlaganini, «Bude-Glimt» safida ishonchli o'yin ko'rsatib, jamoani qutqarib qolishi va katta natijalarga erishishi mumkinligini ta'kidladi.
Chempionlar ligasi pley-offida «Monako» «PSJ»ga qarshi maydonga tushadi, «Bude-Glimt» esa Milan «Inter»i bilan to'qnash keladi. Uchrashuvlar 17 va 18 fevral kunlari bo'lib o'tadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing