Ikardi uch gol urib Galatasaray rekordini yangiladi

Turkiya chempionatining 22-turida Galatasaray Eyupsporni yirik hisobda mag'lub etdi — 5:1. Uchrashuvda argentinalik hujumchi Mauro Ikardi xet-trik qayd etib, jamoasining g'alabasiga katta hissa qo'shdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Ushbu uch gol Ikardiga klub tarixidagi eng sermahsul legioner maqomini olib keldi. U ilgari bu ro'yxatda peshqadam bo'lib turgan ruminiyalik Geor'ge Hadjini ortda qoldirdi: Hadjining hisobida 75 gol bor edi, Ikardi esa 76-goliga yetdi.
Umumiy to'purarlar ro'yxatida Ikardi hozircha yettinchi o'rinni egallab turibdi. Eslatib o'tamiz, Mauro 2023 yildan beri Galatasaray safida o'ynamoqda, undan avval esa PSJ sharafini himoya qilgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing