Denis Makarov Turkiyada ketma-ket ikki o‘yinni o‘tkazib yubordi

"Kayserispor" vingeri Denis Makarov Turkiya chempionatining so‘nggi ikki uchrashuvida nega maydonga tushmaganiga izoh berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Futbolchining aytishicha, u mushakdagi mikrojarohat sabab ikki o‘yinni o‘tkazib yuborgan. Hozir esa hammasi joyida: Makarov umumiy guruh bilan shug‘ullanmoqda, cheklovlarsiz mashg‘ulot o‘tkazmoqda va "Antalyaspor"ga qarshi uy bahsiga tayyorgarlik ko‘rmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Makarov "Kayserispor" safiga qishki transfer oynasida Moskvaning "Dinamo" klubidan erkin agent sifatida kelib qo‘shilgan. Turkiya jamoasi tarkibida u hozircha bitta o‘yinda ishtirok etib, gol yoki assist bilan ajralib turgani yo‘q.
Superliganing 23-turi doirasidagi "Kayserispor" — "Antalyaspor" uchrashuvi 22-fevral kuni bo‘lib o‘tadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!