Slutskining Shanxayi Osiyo Chempionlar ligasida mag'lub bo'ldi

«Shanxay Shenxua» Osiyo Chempionlar ligasida yetti turdan keyin pley-offga chiqish imkoniyatidan butunlay ayrilgandi. Sakkizinchi turda «Buriram Yunayted»ga qarshi bahs Leonid Slutskiy jamoasi uchun musobaqani munosib yakunlash, so'nggi bor irodani ko'rsatish imkoniyati edi, biroq bu urinish o'zini oqlamadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Uchrashuv 0:2 hisobida taylandliklar foydasiga hal bo'ldi. «Buriram Yunayted» birinchi bo'limning dastlabki daqiqalaridayoq ketma-ket ikki bor raqib darvozasini ishg'ol qildi: 11-daqiqada Gud Kyor tis, 22-daqiqada esa Mueanta Suphanat gol urdi. Ko'p o'tmay «Shanxay Shenxua» bir futbolchisidan ayrilib, kam sonli bo'lib qoldi va bu holat o'yindagi intriga deyarli so'nishiga olib keldi.
Ma'lumot uchun, Leonid Slutskiyning «Shanxay Shenxua» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil oxirigacha mo'ljallangan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!