date

Slutskiy boshqaruvidagi Shanxay SHenxua Buriramga yutqazdi

Slutskiy boshqaruvidagi Shanxay SHenxua Buriramga yutqazdi

Osiyo Chempionlar ligasida yetti turdan keyin «Shanxay SHenxua»ning pley-offga chiqish umidlari so'ndi. 8-turda Leonid Slutskiy jamoasi musobaqa bilan xayrlashishdan oldin hech bo'lmasa munosib natija ko'rsatishni istadi, biroq bunga erisha olmadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Uchrashuvda «Buriram Yunayted» 2:0 hisobida g'alaba qozondi. Tailand klubi birinchi taym boshidayoq ketma-ket ikki bor darvozani ishg'ol qildi: 11-daqiqada Gud Ko'rtis, 22-daqiqada esa Mueanta Suphanat gol urdi. Oradan ko'p o'tmay «Shanxay SHenxua» bir futbolchisini yo'qotib, kam sonli tarkibda qolib ketdi va intriga deyarli barham topdi.

Ma'lumot uchun, Leonid Slutskiyning «Shanxay SHenxua» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil oxirigacha mo'ljallangan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Slutskiy boshqaruvidagi Shanxay SHenxua Buriramga yutqazdi