date

Denis Makarov Turkiyada ketma-ket ikki o‘yinni o‘tkazib yubordi

Denis Makarov Turkiyada ketma-ket ikki o‘yinni o‘tkazib yubordi

“Kayserispor” vingeri Denis Makarov Turkiya chempionatidagi so‘nggi ikki uchrashuvda maydonga tushmaganiga izoh berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Futbolchining aytishicha, u mushakdagi yengil mikrojarohat sabab ikki o‘yinni o‘tkazib yuborgan. Hozir esa hammasi joyida: Makarov umumiy guruh bilan cheklovlarsiz mashg‘ulot o‘tkazmoqda va “Antalyaspor”ga qarshi uy uchrashuviga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Makarov qishki transfer oynasida Moskvaning “Dinamo” klubidan erkin agent sifatida “Kayserispor”ga qo‘shilgandi. U turk jamoasi safida hozircha bitta o‘yinda qatnashib, gol yoki assist bilan ajralib turgani yo‘q.

Superliga 23-turi doirasidagi “Kayserispor” — “Antalyaspor” bahsi 22-fevral kuni bo‘lib o‘tadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Denis Makarov Turkiyada ketma-ket ikki o‘yinni o‘tkazib yubordi