date

Denis Makarov Turkiyada ketma-ket ikki o‘yinni o‘tkazib yubordi

Denis Makarov Turkiyada ketma-ket ikki o‘yinni o‘tkazib yubordi

"Kayserispor" vingeri Denis Makarov Turkiya chempionatining so‘nggi ikki uchrashuvida nega maydonga tushmaganiga izoh berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Futbolchining aytishicha, u mushakdagi mikrojarohat sabab ikki o‘yinni o‘tkazib yuborgan. Hozir esa muammo ortda qolgan: Makarov umumiy guruhda cheklovlarsiz mashg‘ulot o‘tkazmoqda va "Antalyaspor"ga qarshi uy uchrashuviga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Makarov "Kayserispor"ga qishki transfer oynasida Moskvaning "Dinamo"sidan erkin agent sifatida kelib qo‘shilgandi. U turk jamoasi safida hozircha bir o‘yinda qatnashib, gol yoki assist bilan ajralib chiqa olmadi.

Superliga 23-turidan o‘rin olgan "Kayserispor" — "Antalyaspor" uchrashuvi 22 fevral kuni bo‘lib o‘tadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Denis Makarov Turkiyada ketma-ket ikki o‘yinni o‘tkazib yubordi