date

Slutskining Shanxayi Osiyo Chempionlar ligasida mag‘lub bo‘ldi

Slutskining Shanxayi Osiyo Chempionlar ligasida mag‘lub bo‘ldi

«Shanxay Shenxua» Osiyo Chempionlar ligasida yetti turdan so‘ng pley-off yo‘llanmasi uchun kurash imkonini boy bergandi. 8-turda «Buriram Yunayted»ga qarshi bahs Leonid Slutskiy jamoasi uchun turnir bilan xayrlashish oldidan so‘nggi imkoniyat edi, ammo «eshikni qars» yopishning uddasi chiqmedi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Uchrashuv 0:2 hisobida tailandliklar foydasiga yakunlandi. «Buriram Yunayted» birinchi bo‘limning ilk daqiqalarida ikki bor aniq zarba berdi: 11-daqiqada Gud Kertis, 22-daqiqada esa Suphanat Mueanta gol muallifi bo‘ldi. Oradan ko‘p o‘tmay «Shanxay Shenxua» bir futbolchiga kamayib qoldi va bu vaziyat o‘yindagi intrigani deyarli yo‘qqa chiqardi.

Ma’lumot uchun, Leonid Slutskiyning «Shanxay Shenxua» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil oxirigacha mo‘ljallangan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Slutskining Shanxayi Osiyo Chempionlar ligasida mag‘lub bo‘ldi