Bavariya Kim Min Je bo'yicha takliflarni ko'rib chiqishga tayyor

"Bavariya" markaziy himoyachisi Kim Min Je yaqin orada Myunxen klubini tark etishi mumkin. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Avvalroq futbolchiga Angliya Premyer-ligasining ikki jamoasi qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
SPORT BILD ma'lumotiga ko'ra, "Bavariya" sport direktori Maks Eberl o'tgan yozdayoq Kim Min Jening vakillariga klub yaxshi taklif tushsa, u bilan xayrlashishga tayyorligini bildirgan. Ta'kidlanishicha, myunxenliklar pozitsiyasi hanuz o'zgargani yo'q. Shunga qaramay, futbolchining o'zi Myunxenda o'zini erkin his qilmoqda va jamoada berilgan hozirgi rolini qabul qilgan.
Joriy mavsumda 29 yoshli janubiy koreyalik himoyachi barcha turnirlarda 23 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!