Vinisius Mbappe qoʻllab-quvvatlagani uchun minnatdor boʻldi

"Real" hujumchisi Vinisius Junior jamoaning yana bir yetakchi forvardi — Kilian Mbappega alohida minnatdorligini bildirdi. ESPN Deportes xabariga ko‘ra, braziliyalik futbolchi seshanba kungi o‘yinda ham, maydon tashqarisida ham Mbappe uni qo‘llab-quvvatlaganini yuqori baholagan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Qayd etilishicha, "Real" klubi Lissabondagi bahs atrofidagi shov-shuvdan so‘ng Vinisiusni to‘liq himoya qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Vinisius Junior "Benfika" futbolchisi Djanluka Prestiannini irqchilik ruhidagi haqoratda ayblagan. Lissabon klubi vakillari esa bu e’tirozlarni rad etgan. O‘yindan keyin Mbappe Prestianniga o‘xshaganlarga Chempionlar ligasida o‘rin yo‘qligini ta’kidlagan.
Uchrashuvda "Real" safarda "Benfika"ni 1:0 hisobida mag‘lub etdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!