date

Denis Makarov Turkiyada nega ketma-ket ikki o‘yinni o‘tkazib yubordi

Denis Makarov Turkiyada nega ketma-ket ikki o‘yinni o‘tkazib yubordi

"Kayserispor" vingeri Denis Makarov Turkiya chempionatidagi so‘nggi ikki uchrashuvda maydonga tushmaganiga izoh berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Futbolchi aytishicha, u mushakdagi yengil mikrojarohat sabab ketma-ket ikki o‘yinda qatnasha olmadi. Hozir esa holati to‘liq tiklangan: umumiy guruhda mashg‘ulot o‘tkazmoqda, cheklovlarsiz shug‘ullanmoqda va uyda "Antalyaspor"ga qarshi bahsga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Makarov qishki transferlar oynasida "Kayserispor"ga o‘tgan, u Moskvaning "Dinamo" klubidan erkin agent sifatida kelib qo‘shilgandi. Turkiya jamoasi safida u hozircha bitta o‘yinda maydonga tushdi va samarali harakat bilan ajralib chiqmadi.

Superliganing 23-turi doirasidagi "Kayserispor" — "Antalyaspor" uchrashuvi 22-fevral kuni bo‘lib o‘tadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Denis Makarov Turkiyada nega ketma-ket ikki o‘yinni o‘tkazib yubordi