date

Vensan Kompani Gvardioladan olgan saboqlarini aytdi

Vensan Kompani Gvardioladan olgan saboqlarini aytdi

"Bavariya" bosh murabbiyi Vensan Kompani Xosep Gvardiola bilan ishlagan davridan nimalarni o'rganganini ma'lum qildi. Belgiyalik mutaxassis avvalroq "Manchester Siti"da ispaniyalik murabbiy qo'l ostida o'ynagan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Kompani ta'kidlashicha, Gvardioladan eng katta o'zlashtirgan jihati taktika emas, balki mentalitet: har doim g'alaba uchun intilish, har bir uchrashuvni birdek muhim qabul qilish va asosiy raqib bilan o'yin hamda quyi divizion jamoasiga qarshi bahs o'rtasida farq qilmaslik. Uning fikricha, aynan shunday yondashuv jamoaga sur'atni hech qachon pasaytirmaslikka yordam beradi.

Vensan Kompani "shaharliklar" safida 2008 yildan 2019 yilgacha to'p surgan. Xosep Gvardiola esa "Manchester Siti"ni 2016 yildan beri boshqarib kelmoqda. Kompani "Bavariya"dagi ishini 2024 yil yozida boshlagan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Vensan Kompani Gvardioladan olgan saboqlarini aytdi