date

Safonov raqobatda to‘xtamay ishlash kerakligini aytdi

Safonov raqobatda to‘xtamay ishlash kerakligini aytdi

«PSJ»ning rossiyalik darvozaboni Matvey Safonov o‘z pozitsiyasidagi raqobat haqida fikr bildirdi. FIFA Qit’alararo kubogi finalidan keyin u asosiy tarkibda tobora ko‘proq ko‘rinish bera boshladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Safonovning ta’kidlashicha, so‘nggi o‘yinlarda maydonga tez-tez tushayotgani keyingi uchrashuvlarda ham albatta asosiy tarkibda bo‘ladi, degani emas. Darvozabon har bir bahs oldidan yana va yana mehnat qilib, start tarkibdan joy olish uchun kurash davom etishini urg‘uladi.

26 yoshli futbolchi klubning so‘nggi 5 uchrashuvida safda bo‘ldi. Joriy mavsumda u jami 9 o‘yinda qatnashib, 10 ta gol o‘tkazib yuborgan, 3 bahsda esa darvozasi daxlsiz qolgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Safonov raqobatda to‘xtamay ishlash kerakligini aytdi