date

Slutskining «Shanxay»i Osiyo Chempionlar ligasida mag'lub bo'ldi

Slutskining «Shanxay»i Osiyo Chempionlar ligasida mag'lub bo'ldi

«Shanxay Shenxua» Osiyo Chempionlar ligasida yetti turdan so'ng pley-offga chiqish imkoniyatidan ayrildi. 8-turda «Buriram Yunayted»ga qarshi bahs jamoa uchun turnir bilan xayrlashish oldidan so'nggi imkoniyat — «eshikni qarsillatib yopish» bo'lishi mumkin edi, biroq bu reja ish bermadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Tailand klubi 2:0 hisobida g'alaba qozondi. «Buriram Yunayted» birinchi bo'limning avvalidayoq ikki bor raqib darvozasini ishg'ol qildi: 11-daqiqada Gud Ko'rtis, 22-daqiqada esa Suphanat Mueanta gol urdi. Ko'p o'tmay «Shanxay Shenxua» bir futbolchiga kamayib qoldi va uchrashuvdagi intriga deyarli so'ndi.

Ma'lumot uchun, Leonid Slutskiyning «Shanxay Shenxua» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil oxirigacha mo'ljallangan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Slutskining «Shanxay»i Osiyo Chempionlar ligasida mag'lub bo'ldi