date

Sevilya bosh murabbiyi Almeidaga yetti o'yinlik diskvalifikatsiya berildi

Sevilya bosh murabbiyi Almeidaga yetti o'yinlik diskvalifikatsiya berildi

La Liga intizomiy komissiyasi «Sevilya» ustozi Matias Almeidani yetti uchrashuvga diskvalifikatsiya qildi. Argentinlik mutaxassis o'tgan dam olish kunlari «Alaves»ga qarshi bahsda qizil kartochka olgani ortidan jazolandi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Vaziyat 85-daqiqada keskinlashdi: Almeidaning e'tirozlari va hissiyotli harakatlari avvalgi ogohlantirishlariga qaramay yana takrorlandi va natijada u maydondan chetlatildi.

Komissiya jazo tafsilotlarini ham ochiqladi: 2 o'yin — hakamlarga norozilik bildirganlari uchun, 1 o'yin — chetlatilgach maydonni tark etishdan bosh tortgani uchun, 3 o'yin — hurmatsiz xatti-harakatlar va ortiqcha imo-ishoralar uchun. Yana 1 o'yin esa stadiondan chiqib ketayotganda suv shishasini bir necha bor tepib yuborgani sababli qo'shildi.

Shu tariqa Almeidaga «Real» va «Barselona»ga qarshi muhim uchrashuvlarni ham o'tkazib yuborishga to'g'ri keladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Sevilya bosh murabbiyi Almeidaga yetti o'yinlik diskvalifikatsiya berildi