Slutskiy boshqaruvidagi Shanxay Shenchxua turnirni mag'lubiyat bilan yakunladi

Osiyo Chempionlar ligasida yetti turdan so'ng «Shanxay Shenchxua» pley-offga chiqish imkoniyatidan mahrum bo'ldi. Sakkizinchi turda «Buriram Yunayted»ga qarshi bahs Leonid Slutskiy jamoasi uchun turnir bilan xayrlashish oldidan so'nggi urinish edi, biroq u ham omadsiz yakunlandi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Tailand klubi 2:0 hisobida g'alaba qozondi. Uchrashuvning dastlabki daqiqalaridayoq «Buriram Yunayted» ketma-ket ikki bor raqib darvozasini ishg'ol qildi: 11-daqiqada Gud Ko'rtis, 22-daqiqada esa Mueanta Suphanat gol muallifi bo'ldi. Ko'p o'tmay «Shanxay Shenchxua» bir futbolchisi maydondan chetlatilib, intriga deyarli yo'qoldi.
Ma'lumot uchun, Leonid Slutskiyning «Shanxay Shenchxua» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil oxirigacha mo'ljallangan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!