Saudiya Arabistonida Al-Qadisiya futbolchisi 16 yoshida vafot etdi

Saudiya futbolida qayg‘uli xabar: «Al-Qadisiya» jamoasining 16 yoshli himoyachisi Turki Al-Saed hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda Saudiya Arabistoni futbol federatsiyasi rasmiy nekrolog e’lon qilib, ma’lum qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
«Al-Qadisiya» hozirda mamlakatning ikkinchi kuchli ligasida ishtirok etmoqda va turnir jadvalida to‘rtinchi o‘rinda bormoqda. Jamoa safida italiyalik Mateo Retegi ham to‘p suradi — u avval «Atalanta» sharafini himoya qilgan.
Yosh futbolchining vafoti sabablari rasman ochiqlanmadi, biroq norasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa yo‘l-transport voqeasi oqibatida yuz bergan bo‘lishi mumkin.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing