Slutskining Shanxayi Osiyo Chempionlar ligasida maglub bo'ldi

"Shanxay Shenxua" Osiyo Chempionlar ligasida yetti tur yakuniga ko'ra pley-off bosqichiga chiqish imkoniyatini boy bergandi. 8-turda "Buriram Yunayted"ga qarshi uchrashuv Leonid Slutskiy jamoasi uchun turnir bilan xayrlashish oldidan so'nggi urinsh edi, biroq bu safar ham natija kelmadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Tailand klubi 2:0 hisobida g'alaba qozondi: mezbonlar dastlabki bo'limning ilk daqiqalaridayoq ikki bor raqib darvozasini ishg'ol qildi. Ko'p o'tmay "Shanxay Shenxua" bir futbolchisi chetlatilib, jamoa bir kishi kam bo'lib qoldi va o'yindagi intriga amalda so'ndi.
Qayd etilishicha, Leonid Slutskiyning "Shanxay Shenxua" bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil oxirigacha mo'ljallangan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing