Dibala Ronaldu haqida u mag'lubiyatni yomon ko'rardi dedi

Paulo Dibala "Yuventus"dagi faoliyati davomida Krishtianu Ronaldu bilan bir jamoada to'p surgan. Argentinalik hujumchi besh karra "Oltin to'p" sohibining jamoa ichidagi qiyofasi va odatlari haqida gapirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Dibalaning so'zlariga ko'ra, Ronaldu kundalik rejim masalasida mislsiz darajada tartibli bo'lgan: u ertalab 8-9 larda kelib, ketguniga qadar zal, massaj, fizioterapiya, sovuq vanna, sauna va ovqatlanish tartibigacha hammasini nazorat qilgan. U biror mayda detaldan ham ko'z yumgan emas, diqqat-e'tibori to'liq futbol va tayyorgarlikka qaratilgandek ko'ringan.
Hujumchi mashg'ulotlarda ham raqobatni hech qachon bo'shatmaganini ta'kidladi: Ronaldu har qanday vaziyatda yutqazishni yomon ko'rgan. Maydon tashqarisida esa u jamoa uchun yoqimli hamkasb bo'lib, jamoadoshlari bilan bemalol suhbatlashgan, jamoaviy kechki ovqatlarda qatnashgan va mate ichishni xush ko'rgan. Dibalaning aytishicha, Ronaldu ba'zan mate olib kelib, peru termosi va katta idishdan foydalanardi, bu holat argentinalik futbolchini kuldirib, hazillashishga ham sabab bo'lgan.
Hozirda Paulo Dibala "Roma" safida o'ynamoqda, Krishtianu Ronaldu esa Saudiya Arabistonining "Al-Nasr" klubida to'p suryapti.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!