date

Slutskiy boshqaruvidagi Shanxay Shenxua safarda maglub bo‘ldi

Slutskiy boshqaruvidagi Shanxay Shenxua safarda maglub bo‘ldi

Osiyo Chempionlar ligasida «Shanxay Shenxua» yetti turdan so‘ng pley-offga chiqish imkonini boy bergandi. 8-turda Leonid Slutskiy jamoasi turnir bilan xayrlashish oldidan «Buriram Yunayted»ga qarshi hech bo‘lmasa so‘nggi bor kuchli o‘yin ko‘rsatishga urinib ko‘rdi, biroq bu rejadan hech narsa chiqmadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Uchrashuv 2:0 hisobida tay klubining g‘alabasi bilan yakunlandi. «Buriram Yunayted» birinchi bo‘limning dastlabki daqiqalaridayoq ikki bor aniq zarba berdi: 11-daqiqada Gud Kertis, 22-daqiqada esa Suphanat Mueanta gol urdi. Oradan ko‘p o‘tmay «Shanxay Shenxua» bir futbolchiga kamayib qoldi va o‘yin intrigasini deyarli yo‘qqa chiqardi.

Ma’lumot uchun, Leonid Slutskiyning «Shanxay Shenxua» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil oxirigacha mo‘ljallangan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Slutskiy boshqaruvidagi Shanxay Shenxua safarda maglub bo‘ldi