Safonov Olimpiada oldidan Nepreyaeva va Korostelyovni qo'lladi

Rossiyalik darvozabon, hozirda "PSJ" safida to'p surayotgan Matvey Safonov Olimpiadadagi 50 km masofaga mo'ljallangan marafon poygalari arafasida chang'ichilar Darya Nepreyaeva va Saveliy Korostelyovga murojaat qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Safonov sportchilarga omad tilab, ularning ishtirokini kuzatib borishini aytdi. Shuningdek, u xalqaro musobaqalarda Rossiya sharafini himoya qila olmagani sabab Nepreyaeva va Korostelyovga biroz havas qilayotganini ham yashirmadi.
Darvozabonning ta'kidlashicha, eng muhimi — startdan keyin Nepreyaeva va Korostelyov o'z chiqishidan o'zlari mamnun bo'lib qolishi.
Eslatib o'tamiz, Korostelyov skiatlonda olimpiyacha medalga juda yaqin kelib, marraga to'rtinchi bo'lib yetib kelgandi. Nepreyaeva esa hozircha kuchli o'nlikka kira olmadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!