Saudiya futbolida fojia Al-Qadisiya 16 yoshli himoyachisini yo‘qotdi

Saudiya futbolidan qayg‘uli xabar: “Al-Qadisiya” safida to‘p surgan 16 yoshli himoyachi Turki Al-Saed vafot etdi. Bu haqda Saudiya Arabistoni futbol federatsiyasi rasmiy nekrolog e’lon qilib ma’lum qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
“Al-Qadisiya” hozirda Saudiya futbolining kuchi bo‘yicha ikkinchi divizionida ishtirok etmoqda va turnir jadvalida to‘rtinchi o‘rinda bormoqda. Jamoa tarkibida italiyalik hujumchi Mateo Retegi ham bor — u avval “Atalanta”da o‘ynagan.
Yosh futbolchining vafot sababi hozircha rasman ochiqlanmadi. Biroq norasmiy manbalarga ko‘ra, hodisa yo‘l-transport voqeasi oqibatida yuz bergan bo‘lishi mumkin.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing