Slutskiy boshqaruvidagi Shanhay Shenhxua turnirni maglubiyat bilan yakunladi

Osiyo Chempionlar ligasida yetti turdan keyin “Shanhay Shenhxua” pley-offga chiqish imkoniyatini boy bergandi. 8-turda “Buriram Yunayted”ga qarshi bahs Leonid Slutskiy jamoasi uchun musobaqani chiroyli tarzda yakunlash imkoniyati edi, biroq bunday bo‘lmadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Uchrashuv 0:2 hisobida tailandliklar foydasiga yakunlandi. “Buriram Yunayted” birinchi taym boshidayoq ikki bor raqib darvozasini ishg‘ol qildi: 11-daqiqada Gud Kertis, 22-daqiqada esa Mueanta Supxanat gol urdi. Oradan ko‘p o‘tmay “Shanhay Shenhxua” bir o‘yinchidan ayrildi va bu holat intriganing deyarli barham topishiga olib keldi.
Qayd etilishicha, Leonid Slutskiyning “Shanhay Shenhxua” bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil oxirigacha mo‘ljallangan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing