date

Saudiya futbolida fojia 16 yoshli Al-Qodisiya himoyachisi vafot etdi

Saudiya futbolida fojia 16 yoshli Al-Qodisiya himoyachisi vafot etdi

Saudiya futbolidan ayanchli xabar: «Al-Qodisiya» jamoasida to‘p surgan 16 yoshli himoyachi Turki Al-Said olamdan o‘tdi. Bu haqda Saudiya Arabistoni futbol federatsiyasi rasmiy nekrolog e’lon qilib ma’lum qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

«Al-Qodisiya» hozirda Saudiya futbolining kuchi bo‘yicha ikkinchi ligasida ishtirok etmoqda va turnir jadvalida to‘rtinchi o‘rinda bormoqda. Jamoa safida italiyalik Mateo Retegi ham bor — u avvalroq «Atalanta» libosini himoya qilgan.

Yosh futbolchining vafot sababi rasman ochiqlanmadi. Biroq norasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa yo‘l-transport voqeasi oqibatida sodir bo‘lgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Saudiya futbolida fojia 16 yoshli Al-Qodisiya himoyachisi vafot etdi