date

Saudiya futbolida fojea Al-Qadisiya himoyachisi vafot etdi

Saudiya futbolida fojea Al-Qadisiya himoyachisi vafot etdi

Saudiya futbolidan og‘ir xabar: “Al-Qadisiya” safida to‘p surib kelgan 16 yoshli himoyachi Turki Al-Saed vafot etdi. Bu haqda Saudiya futbol federatsiyasi rasmiy bayonot va ta’ziyanoma orqali ma’lum qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Qayd etilishicha, “Al-Qadisiya” Saudiya Arabistoni futbolining ikkinchi darajali ligasida ishtirok etadi va hozirda jadvalda to‘rtinchi o‘rinda bormoqda. Jamoa tarkibida italiyalik Matteo Retegi ham bor — u avvalroq “Atalanta” sharafini himoya qilgan.

Yosh futbolchining o‘limi sabablari hozircha rasman ochiqlanmadi. Biroq norasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, fojia yo‘l-transport hodisasi oqibatida yuz bergan bo‘lishi mumkin.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Saudiya futbolida fojea Al-Qadisiya himoyachisi vafot etdi